Xiaomi 14 Ultra va Photography Kit — kamerafonning oʻzbek tilidagi katta tahlili

E’lon qilingan sana· 432
Xiaomi 14 Ultra va Photography Kit — kamerafonning oʻzbek tilidagi katta tahlili

Xiaomi oʻzining yangi fotoflagmani 14 Ultra telefonini sotuvga chiqardi. Afisha.uz muharrirlari esa ushbu yangi smartfonni sinovdan oʻtkazdi. Bu maqolada Xiaomi 14 Ultra — yangi avlod telefonidagi o‘zgarishlar, yangiliklar va, albatta, katta kamera haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Xiaomi 14 Ultra’ning dizayniga avvalgi model 13 Ultraga qaraganda katta o‘zgarishlar kiritilmagan. Umumiy stil deyarli bir xil: old tomonida bir oz qayrilgan qirralari boʻlgan ekran, frontal kamera, orqa tomonida esa katta dumaloq kamera bloki mavjud. U 13 Ultraga qaraganda biroz kattalashgandek ko‘rinadi, ha, faqatgina ko‘rinadi.

Chunki kamera blokining oʻzi oʻzgarmagan, shunchaki smartfon hajmi biroz kichiklashgan. Bunga nima sabab bo‘lgani esa bizga qorong‘u. Ekran atrofidagi ramkalar ham oʻzgarmagan, ekranning o‘zi ham avvalgidek telefon old yuzasining 89,5 foizni egallaydi. Ammo shu bilan birga, smartfon biroz kichiklashgan va qalinlashgan.

Gadjetdan olingan asosiy taassurot ham shunday — u juda qalin, brutal va ogʻir. Biroq shuni aytib o‘tish kerakki bugungi kundagi barcha ultra flagmanlar shunday ulkan va og‘irdir. Xiaomi 14 Ultra esa mana shu katta telefonlar ichida ham eng qalini hisoblanadi. Bu, ehtimol, juda katta kamera bilan bogʻliq boʻlib, ular ingichka korpus va joylashmagan bo‘lardi.

Funktsional elementlar standart holatda: o‘ng tomonda bir juft tugmalar, pastki va yuqori tomonlardagi kolonkalar, pastki qismidagi port USB Type-C orqali zaryad oladi. Qurilmada bir vaqtning oʻzida toʻrtta mikrofon mavjud. Korpus IP68 standartiga muvofiq chang va namlikdan himoyalangan.

Xiaomi 14 Ultra’dagi displey Xiaomi 14 Proʻdan oʻtkazilgan va asosiy xususiyatlarida avvalgisidan farq qilmaydi. Diagonal 6,73 dyuymni tashkil qiladi. Xiaomi 14 Ultra ham 5G, ham LTE modemlariga ega. Ikkita nano-SIM karta qoʻllab-quvvatlanadi, lekin eSIM mavjud emas.

Simsiz ulanadigan modullarga, albatta, Bluetooth, Wi-Fi va NFC kiradi. Smartfon ulanishning barqaror boʻlishi va tezligini oshirishi uchun mobil Internet va Wi-Fi-ni “birlashtira” oladi.

Ana endi telefonning eng asosiy qismi — kamera haqida. Xiaomi 14 Ultra’da kamera tizimining oʻzi oʻzgarmagan: unda beshta modul mavjud, ulardan toʻrttasi bir xil toʻrtta fokus uchun toʻgʻridan-toʻgʻri javob beradi, beshinchisi esa portretlarni suratga olishda yordam beradigan TOF-kamerasi hisoblanadi. Ammo ushbu toʻplamdagi bir nechta kameralar yangilangan.

Asosiy kamera yana bir dyuymli sensorni oldi. Shuningdek, smartfondagi barcha kameralar 50 megapikselgacha suratga oladi. Ob’ektivning ekvivalent fokus uzunligi 23 millimetrni tashkil qiladi. Biz foto va video kamerani Bunyodkor stadionida sinab koʻrdik. Shuni aytish mumkin-ki, telefon qarama-qarshi tribunada oʻtirgan tomoshabinlarni ham suratga olish imkonini berdi.

Yanada koʻproq ma’lumotni va sinov jarayonida kamera qanday suratlar hamda videolar olganini quyidagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Nikita Davidov
Fotosuratchi
Nikita Davidov