O‘zbekistonda BYD'ning gibrid mashinalarini ishlab chiqarish boshlandi

E’lon qilingan sana· 21
O‘zbekistonda BYD'ning gibrid mashinalarini ishlab chiqarish boshlandi

Jizzax viloyatidagi “BYD Uzbekistan” zavodida BYD avtomobillarini ishlab chiqarish rasman boshlandi. Bu BYD kompaniyasining Xitoydan tashqaridagi birinchi ishlab chiqarish zavodi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Prezident ishlab chiqarishni ko‘zdan kechirdi va xitoylik hamkorlar bilan suhbatlashdi, shuningdek, 2024-yil 27-iyun, payshanba kuni zavodda to‘liq yig‘ilgan va konveyerdan chiqarilgan ilk avtomobillarga imzoni qoʻydi.

Qo‘shma korxona zamonaviy sanoat infratuzilmasi bilan ta’minlangan bo‘lib, ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash maqsadida butlovchi buyumlar ombori va 1200 ta konteynerga mo‘ljallangan logistika markazi barpo etildi. Zavodda Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar va robot tizimlari mavjud. Ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirilgan. Elektr transport vositalarining geometrik o‘lchamlarini yuqori aniqlikdagi sinovdan o‘tkazish uchun laboratoriya yaratildi.

Zavod hozirda “Chazor” sedani va “Song Plus Champion” krossoverini ishlab chiqaradi, yaqin yillarda modellar assortimentini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Birinchi bosqichda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi yiliga 50 ming donani tashkil qiladi, lekin korxonaning maksimal quvvati 500 ming dona avtomobilni tashkil etadi. Elektromobillar sonining koʻpayishi bilan mahalliylashtirish darajasini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. Dastlab bamperlar, shisha, laklangan va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Kelgusida akkumulyatorlar, elektr motorlar, alyuminiy qismlar, shinalar, o‘rindiqlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ