Yangi yil uchun gadjetlar: bayramda qanday texnologik sovgʻa sotib olish kerak?

E’lon qilingan sana· 501
Yangi yil uchun gadjetlar: bayramda qanday texnologik sovgʻa sotib olish kerak?

Tez orada orziqib kutilgan Yangi yil bayrami kirib keladi. 2024-yildan 2025-yilga o‘tar kechasi yoki bayramdan bir necha kun oldin va keyin hamma bir-biriga sovg‘alar beradi. Albatta, kerakli yoki kayfiyatni ko‘taradigan narsalarni sovg‘a qilish orqali yoqimli ish qilishni xohlaydigan ko‘plab odamlar bor. Ammo yaqin insonga sovg‘a tanlash uchun har doim ham vaqt yoki fantaziya yetarli boʻlmaydi.

Afisha.uz muharriri tanlov imkoniyatini oshirish va yangi g‘oyalarni taqdim etish maqsadida Yangi yil uchun an’anaviy tenologik sovg‘alarini — gadjetlarni bir yerga to‘pladi.

An’anaviy gadjetlar

Ushbu toifaga har qanday bayramda birinchi navbatda xotiraga keladigan barcha gadjetlarni — Powerbanklar, aqlli chiroqlar va rozetkalar, simsiz quloqchinlar, smartfon uchun g‘iloflar, uchta qurilma uchun “podstavka” yoki iPhone’larni kiritish mumkin.

Toshkent shahridagi narxlar:

  • simsiz zaryadlovchi powerbank’lar — 190 000 soʻmdan;
  • aqlli lampochka — 60 000 soʻmdan;
  • simsiz quloqchinlar Redmi Buds 6 Active — 250 000 soʻmdan;
  • smartfonni simsiz quvvatlash uchun “podstavka” — 180 000 soʻmdan;
  • iPhone 15 — 9 860 000 soʻmdan.

Sensor qatlamli qo‘lqoplar

Sovuq mavsumida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning ajoyib belgisi qo‘lqoplar hisoblanadi va ularni yechmasdan telefon ekranini boshqarish mumkin. Bunday oddiy sovg‘a katta dilemmani hal qilishga yordam beradi — masalan, taksi chaqirayotganda qo‘lqoplarni yechib, sovuq qotish yoki qo‘llarni issiq holda qoldirib, telefon ishlatishdan mahrum bo‘lish.

Toshkentdagi bozorlarda bunday qo‘lqoplarni atigi 35 ming so‘mdan, Uzum Market’dan esa 40 ming so‘mdan buyurtma qilish mumkin.


Uyda oʻsimliklar yetishtirish uchun gadjet

O‘simliklarni uyda tuvaklarda yetishtirish ishqibozlari uchun avtomatik sug‘orish tizimi ajoyib sovg‘a bo‘ladi. Bunga ega boʻlgan uy egasi sevimli gullaridan xavotir olmasdan bir necha kunga uydan uzoqqa ketishi ham mumkin.

Bunday tizimni OLX’da 250 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.


Bloknot-powerbank

Bloknot tutishni yoqtiradigan odamlar uchun bloknot-powerbank ajoyib sovg‘a bo‘lishi mumkin. Bu qurilma orqali telefonni nafaqat sim orqali, balki simsiz usulda ham quvvatlash mumkin. Uning ichida powerbank joylashgan.

Bloknot-powerbankni Toshkentda 240 000 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.


Uqalagich (massajchi)

Zamonaviy massaj qiluvchi qurilma bilan qulaylikni yaratish orqali yaqinlarga g‘amxo‘rlik qilish mumkin. Ushbu funksional gadjet bir yerda koʻp vaqt o‘tiradigan odamlar, masalan, ofis xodimlari uchun almashtirib bo‘lmaydigan buyumga aylanishi mumkin. Bunday massajlar oyoq, qo‘l va yelkalardagi zo‘riqishni kamaytirishga yordam beradi. Bu uy, ofis yoki hatto mashina uchun ham mos keladi.

Tananing turli qismlari uchun universal massajchilar narxi 250 000 so‘mdan boshlanadi.


Havo tozalagich

Oxirgi yillarda Toshkentda qulay hayot kechirish uchun eng foydali gadjetlardan biri havo tozalagich bo‘lib kelmoqda. Qurilmani tanlashda uni qayerga o‘rnatishini, shuningdek, kvartira yoki xonaning maydonini bilish muhimdir. Eng qizig‘i, tozalagichlarni Yandex Alisa kabi aqlli uydagi ovozli yordamchilarga ulash va ularni smartfonda masofadan boshqarish mumkin.

27 kvadrat metrli xona uchun — Xiaomi Smart Air Purifier 4 modeli mos keladi. Ushbu tozalagichni Uzum Market’da 900 000 so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin.


Isitgichli nimcha

Qish mavsumida isitgichli nimcha har qachongidan ham foydali bo‘ladi va bu faqat erkaklar uchun sovg‘a emas. Bunday nimchalar turli, hatto eng yorqin ranglarda ham sotiladi. Ba’zi modellarda batareyalar o‘rnatilgan, ularni uyda zaryadlash mumkin. Boshqalari esa ichida akkumulyatorga ega emas, shuning uchun ular kamroq vaznga ega boʻladi, ammo sim orqali tashqi powerbank’larda ishlaydi.

Isitgichli nimchalar narxi 300 000 soʻmdan boshlanadi.


Qo‘shimcha reallik koʻzoynaklari

Yo‘q, gap hatto YouTube’ni ham yuklab olish imkoniyati boʻlmagan qimmat Apple Vision Pro haqida emas. Gap arzonroq, ixchamroq va shu bilan birga undan ham ilg‘or gadjetlar haqida ketmoqda. Masalan, Ray-Ban Meta yoki Xreal. Ular smartfon yoki kompyuter ekranini yaqinlashtirishi, sezdirmasdan videoga olishi va hatto musiqa ijro etishi mumkin.

Narxlar:

  • Xreal Air 2 — Ozon’da 4 000 000 soʻmdan;
  • Ray-Ban Meta — OLX’da 5 000 000 soʻmdan.

Yugurish yoʻlakchasi

Jamlanmadagi eng qimmat, lekin e’tiborga loyiq boʻlgan sovg‘a yugurish yo‘lakchasidir. Yangi yil tanani chiniqtirishni va sport bilan shugʻullanishni boshlash uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Bunday yoʻlakcha yomg‘ir yoki qorda ko‘chada yugurish zaruriyatidan xalos qiladi. Bu sovgʻani olishda eng asosiysi, uyda bunday yo‘lak uchun joy yetarli yoki yetarli emasligini oldindan bilib olish kerak.

Yugurish yo‘lakchasini Toshkentda 2 200 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.


Telegram Premium

Bonus sifatida minglab kilometr uzoqda boʻlsangiz ham istalgan messenjer foydalanuvchisiga Telegram Premium obunasini sovg‘a qilish mumkinligini eslatib o‘tamiz. 3, 6 yoki 12 oylik obunani hadya qilish mumkin, bu vaqt davomida foydalanuvchi reklama postlarini ko‘rishdan toʻxtaydi, unga audio xabarlarni yuborishni taqiqlashi, animatsiyali smayliklarga kirishi, storislar limitini oshirishi mumkin.

Nikita Davidov
Muallif
Nikita Davidov