Endi ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘laydi

E’lon qilingan sana· 124
Endi ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘laydi

Asosiy mahsuloti ChatGPT boʻlgan Amerikaning OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda soliq ro‘yxatidan o‘tdi, deya xabar bermoqda “Пик Скартариса” Telegram kanali.

Ta’kidlanishicha, Oʻzbekistonda bir necha oydan buyon ChatGPT ilovasi o‘rnatishlar soni bo‘yicha 1−2-o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ma’lumot uchun, xizmatdan bepul foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, o‘zbekistonliklar uchun obuna tariflari qimmatlashishi mumkin, chunki kompaniya endi bu QQS to‘lashni boshlaydi. Shuningdek, Amerikaning Digital Ocean provayderi ham ro‘yxatdan o‘tdi.

OpenAI ChatGPT’ni 2022-yilning noyabr oyida taqdim etgan. Oradan bir yil oʻtib, 2023-yilning noyabridan boshlab ilovada oʻzbek raqamlari bilan roʻyxatdan oʻtish imkoniyati qoʻshilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling