Chevrolet Onix yangilandi: mashina yangi koʻrinish va ichki katta ekranga ega boʻldi

E’lon qilingan sana· 1 645
Chevrolet Onix yangilandi: mashina yangi koʻrinish va ichki katta ekranga ega boʻldi

Braziliyada yangilangan Chevrolet Onix oilasi — Onix Plus sedani va Onix xetchbekining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Restylingda yangi old bamper va radiator panjarasi, L-shaklidagi LED kunduzgi chiroqlar, qimmat versiyalarda esa to‘liq LED bosh optikasi va tumanga qarshi, yangi orqa chiroqlar paydo bo‘ldi. Sedanda ular “yarim shaffof” holatda, xetchda esa naqsh o‘zgardi.

Salondagi asosiy yangilik 11 dyuymli ekranga ega yangi multimedia tizimi bo‘lib, u endi asosiy komplektatsiyaga kiritilgan. Shuningdek, oltita xavfsizlik yostiqchasi standartga aylandi. Qimmatroq komplektatsiyalarda raqamli asboblar paneli (8 dyuym), iqlim nazorati, orqani ko‘rish kamerasi va avtoturargohga yordam tizimi mavjud. Top Onix RS xetchida smartfon uchun simsiz quvvatlash ham bor.

Ikkala model ham ikkita uch silindrli motor bilan taklif etiladi: 80 ot kuchiga ega atmosfera 1.0 (benzinda) va 82 ot kuchiga ega (etanolda), shuningdek, mos ravishda 116 va 121 ot kuchiga ega turbomotor 1.0 ham bor. Dvigatellar yangi ekologik talablarga javob berish uchun modernizatsiya qilingan. Uzatmalar qutisi — komplektatsiyasiga qarab olti pog‘onali mexanika yoki avtomat boʻladi.

Onix xetchbeki 18 904 dollardan (239 800 000 so‘m) 23 897 dollargacha (303 132 00 so‘m) sotilmoqda. Onix Plus sedani — 19 602 dollardan (249 155 000 so‘m) 25 050 dollargacha (318 449 000 so‘m). Braziliyada sotuvlar tez orada boshlanadi, keyin yangi mashinalar boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘lishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling