Yandex Uzbekistan o‘zbek tilidagi neyron tarmoqli Qidiruv xizmatini taqdim etdi

Yandex Uzbekistan yangilangan Yandex Search xizmatini taqdim etdi. Endi xizmat o‘zbek tilida o‘qitilgan neyron tarmoqlardan foydalanadi. Shu tufayli Yandex Search o‘zbek tilidagi so‘rovlarni yanada yaxshiroq tushunib, internetdagi kontentni topish va uni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yordam beradi.
Ta’kidlanishicha, yangilangan Yandex Search tufayli o‘zbek tilida 11,6 milliondan ortiq matnlar foydalanish uchun ochiq bo‘ldi. Ular orasida Wikipedia materiallari va, masalan, IT mutaxassislari uchun xalqaro savol-javob platformasi bo‘lgan Stack Overflow ham bor.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar endi Yandex Search’da chat orqali savol berishlari va javobni darhol olishlari mumkin. Yangi funksiya yandex.uz saytining bosh sahifasida mutlaqo bepul taqdim etilgan. Masalan, Yandex AIdan quyidagicha javob olish mumkin.
Foydalanuvchi savoliga javob — qidiruv natijalarida veb-saytlar havolalaridan yuqorida paydo bo‘ladi. Bungacha neyron tarmoqlar so‘rovni tahlil qiladi va agar turli manbalar asosida qisqa va foydali javob berish mumkin bo‘lsa, shuni tayyorlab taqdim etadi. Shuningdek, qidiruv satri ostidagi Yandex AI tanlovini bosish orqali siz har qanday holatda neyrosetlar tomonidan tuzilgan javobni olishingiz mumkin.
Foydalanuvchilar Yandex Search’da o‘zbekcha yoki ruscha savol berishi mumkin va javob ham shu tilda bo‘ladi. Masalan, xizmat “Amir Temur nimasi bilan mashhur?”, “Manchester Siti” jamoasida qaysi o‘zbek futbolchisi o‘ynaydi?", Samarqand palovini tayyorlashdagi o‘ziga xosliklar nimada kabi savollarga javob bera oladi. Shuningdek, internetda tayyor javob bo‘lmagan savollarga ham javob berishga harakat qiladi. Masalan, bir kunda ko‘rib chiqish mumkin bo‘lgan Buxorodagi diqqatga sazovor joylarni tavsiya qiladi.
Ta’kidlanishicha, Yandex Search neyron tarmoqlari tufayli tabiiy inson tilini yaxshi tushunadi. Shu sababli, unga savollarni oddiy tilda, fuqarolar odatda qay tarzda gapirsa, xuddi shunday berish mumkin. Servis internetda faqatgina so‘nggi soatlarda paydo bo‘lgan yangiliklardan ham foydalanib, dolzarb ma’lumotlar taqdim etadi. Shu bilan birga, javob berilgan manbaga havola ham ilova qilinadi — foydalanuvchi kerak bo‘lsa, uni bosib, ma’lumot manbasini to‘liq ko‘rishi mumkin.