Foto: BYD Uzbekistan o‘zining yangi modeli – Sealion 7 elektrokarini taqdim etdi

31-iyul kuni Tashkent city bog‘ida BYD kompaniyasi O‘zbekiston bozori uchun o‘zining o‘rta o‘lchamli, premium toifadagi yangi elektrokrossoveri — Sealion 7 avtomobilini tantanali tarzda taqdim etdi, deya xabar bermoqda unda qatnashgan Afisha muxbiri.
Sealion 7 to‘liq elektrda harakatlanuvchi D segment krossover bo‘lib, dunyo bozoriga birinchi marta 2024-yilda taqdim etilgan. Mashina kompaniyaning yangi e-Platform 3.0 Evo platformasi bo‘yicha ishlangan va ikki xil versiyada taqdim etilmoqda. Model 7390 kVt quvvatga ega elektromotor bilan 0 dan 100 km/soatgacha 4,5 soniyada harakatlana oladi. U bir zaryad bilan 567 km masofani bosib o‘toladi va 30 daqiqa ichida 30 foizdan 80 foizgacha tez zaryadlanadi.
Okeanmonand dizayn
Mazkur model to‘rt xil rangda taklif etiladi: atlantis ko‘k, qutb oq, obsidian qora va indigo kulrang. Kengaytirilgan g‘ildirak bazasi avtomobilning tashqi dinamizmini kuchaytirish bilan birga, ichkarida ham keng va qulay makon yaratadi. Past joylashgan kapot, cho‘zilgan fastbek siluyeti hamda ikki qator yon chiziqlar okean to‘lqinlarining energiyasini eslatadi, bu esa nafislik va harakatchanlikni birlashtirgan jozibali tashqi ko‘rinish yaratadi.
Krossoverning orqa chiroqlari zamonaviy uslubda yaratilgan bo‘lib, to‘g‘ri chiziqli yoritgichlar suv tomchilariga o‘xshash nuqtali elementlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Bu detallar suv zarrachalarining tezkor harakatini eslatadi va avtomobilga zamonaviy, jonli ko‘rinish bag‘ishlab, yo‘lda boshqa modellardan ajralib turishini ta’minlaydi. Sealion 7 haftalik sayohatlar yoki oila uchun zarur barcha buyumlar uchun yetarli hajmdagi yukxona bilan jihozlangan. Masalan, u 28 dyumli katta chamadon, 24 dyumli o‘rta chamadon va to‘rtta 20 dyumli qo‘l yuklarini bemalol sig‘dira oladi.
Mashina bilan o‘zbek tilida muloqot
BYD Intelligent Cockpit tizimi haydovchi, avtomobil va atrof-muhit o‘rtasidagi muloqotni butunlay yangi darajaga olib chiqadi. U 15,6 dyumli buriluvchi sensorli ekran va ovozli yordamchi bilan jihozlangan. Mashinaga “Hi, BYD” deb aytsangiz, ekran avtomatik aylanish orqali kerakli funksiyalarni ochadi. Ovozli boshqaruv ingliz va rus tillarida mavjud, yaqin orada o‘zbek tili ham qo‘shilishi kutilmoqda.
Texnik xususiyatlar
BYD’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqaruvchi direktori Ivan Saoning aytishicha, ushbu avtomobil shahar ichida ham, uzoq safarlarda ham nihoyatda qulay. E’tiborga molik jihati shundaki, Sealion 7 modeli Yevropa yangi avtomobillar xavfsizligi dasturi (Euro NCAP) va Avstralaziya xavfsizlik dasturi (ANCAP) tomonidan besh yulduzli xavfsizlik bahosiga loyiq deb topilgan.
Narxlari qanday?
- Sealion 7 RWD 567 Flagship — 451 mln 100 ming so‘m;
- Sealion 7 AWD 542 Flagship — 503 mln so‘m.
