Chevrolet elektromobili bir zaryadda 1705 km yurib, jahon rekordini o‘rnatdi

E’lon qilingan sana· 7 372
Chevrolet elektromobili bir zaryadda 1705 km yurib, jahon rekordini o‘rnatdi

Chevrolet kompaniyasi yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Uning elektr pikapi bir quvvatlanishda 1705 km masofani bosib o‘tdi, bu e’lon qilingan yurish masofasidan deyarli ikki baravar ko‘p (rasmiy ravishda sinovdan o‘tgan versiyaning yurish masofasi 793 km). Bu elektromobilning butun tarixidagi eng katta zaryadsiz yurish masofasiga aylandi.

Sinov yetti kun davom etdi va Detroyt yaqinidagi umumiy foydalanish yo‘llarida o‘tkazildi. Avtomobil 32−40 km/soat tezlikda harakatlangan va bir qator muhandislik yechimlaridan foydalangan. Shinalardagi yuqori bosim, yechib olingan zaxira g‘ildirak, pastga tushirilgan tozalagichlar, o‘chirilgan konditsioner va havo qarshiligini kamaytirish uchun o‘rnatilgan kuzov g‘ilofi, shular jumlasidan. Model seriyali bo‘lsa-da, GM muhandislari maksimal natijaga erishish uchun sozlamalarni maxsus moslashtirdi.

Avvalgi rekord Lucid Air Grand Touring kompaniyasiga tegishli bo‘lib, unda 1206 km natija qayd etilgan. Biroq GM yangi yutuqni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish uchun ariza topshirishni rejalashtirmayotganini ta’kidladi. Sinov kompaniyaning elektromobillari salohiyatini namoyish etuvchi muhandislik tajribasi sifatida o‘tkazilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling