HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 119
HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

HONOR kompaniyasi tomonidan “Sovgʻalar Bazmi” nomli aksiyaga start berildi.Ushbu aksiya orqali kompaniya HONOR smartfonlarini sotib olganlar orasida 3 nafar talabani tasodifiy tanlov orqali aniqlab, ularning yillik kontrakt to‘lovini to‘liq qoplaydi.

Mazkur aksiya 2025-yil 11-avgustdan 11-sentyabrgacha davom etadi. Unda ishtirok etish uchun foydalanuvchilardan HONOR smartfonlarini aksiya muddati davomida xarid qilish va Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi. Mazkur aksiya HONOR’ning ijtimoiy mas’uliyatga sodiqligini yana bir bor tasdiqlab, talabalarning ta’lim olishiga ko‘maklashadi hamda brendning O‘zbekiston yoshlari orasida dolzarb va yaqin bo‘lishiga zamin yaratadi.

Aksiyada qanday ishtirok etiladi:

  1. Aksiya muddati davomida HONOR smartfonini xarid qilish.
  2. Qurilmaning seriya raqamini Telegram’dagi @HonorStudentFundbot botiga yuborish kerak.
  3. Ro‘yxatdan o‘tgani tasdiqlangandan so‘ng, avtomatik tarzda aksiyada ishtirokchiga aylanish mumkin.

Ushbu aksiya faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan va talaba bo‘lgan ishtirokchilar uchun amal qiladi. Aksiya yakunida, faqat 3 nafar g‘olib tasodifiy tarzda tanlab olinadi. G‘oliblarni aniqlash jarayoni 17-sentyabr kuni tasodifiy raqamlar randomayzeri orqali ochiq va shaffof tarzda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida o‘tkaziladi. Tanlov natijalari esa HONOR Uzbekistan’ning rasmiy sahifalarida — Instagram va Telegram orqali e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, aksiya doirasida, HONOR kompaniyasining ba’zi hamkor do‘konlarida HONOR mahsulotlarini xarid qilgan mijozlarga qo‘shimcha sovgʻalar taqdim etiladi. Ushbu sovgʻalar har bir texnika do‘koni tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Batafsil maʼlumotni havola orqali o‘qish mumkin.

Offerta.

HONOR haqida

HONOR — sun’iy intellekt asosidagi qurilmalar ekotizimida yetakchilaridan biri hisoblanadi. HONOR sanoat chegaralarini ochiq va uzluksiz hamkorlik orqali kengaytirishni maqsad qilib, sanoat hamkorlari bilan birgalikda qadriyatlarga asoslangan ekotizim yaratishni maqsad qilgan.

Facebook: fb.com/honoruzbekistan
Instagram: @honoruzbekistan
Telegram: t.me/HonorUzbekistan
YouTube: @Honor-Uzbekistan

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling