Chevrolet O‘zbekiston uchun yangi modelni taqdim etadi
E’lon qilingan sana: · 64

Chevrolet kompaniyasi 25-avgust kuni O‘zbekiston bozorida yangi model taqdimotini oʻtkazadi.
“Kuch va hashamatning yangi darajasi yaqinlashmoqda. Uning silueti ortida kuch, texnologiya va mukammal dizayn turibdi. Bu shunchaki avtomobil emas — bu yangi tajriba, hayotning yangi ritmi”, — deyiladi chevrolet.uz saytidagi taqdimot tizerida.
Tizer-sahifada hozirgi Chevrolet Tahoe modelini eslatuvchi faralar bilan jihozlangan krossover tasviri mavjud.