"Here we go again": GTA VI oʻyini chiqarilishi yana kechiktirildi
E’lon qilingan sana: · 20

“Rocktar Games” kompaniyasi Grand Theft Auto (GTA) VI kompyuter oʻyining relizi kechiktirilganini e’lon qildi.
Oʻyin ishlab chiqaruvchi kompaniya bu vaqt GTAning navbatdagi qismidagi kutilmalar oqlanishi uchun kerakligini ta’kidlagan.
“Biz shundoq ham uzoq kutishga vaqt qo‘shayotganimiz uchun uzr so‘raymiz, ammo bu qo‘shimcha oylar bizga o‘yinni siz kutgan va loyiq bo‘lgan darajaga yetkazish imkonini beradi”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq kompaniya oʻyin relizi sanasini 2025-yildan 2026-yil mayiga surgandi. GTAning oxirgi versiyasi — Grand Theft Auto (GTA) V 2013-yilda chiqarilgan.
GTA VI oʻyinining ikkinchi treyler e'lon qilindi
Rockstar Games tarixdagi eng qimmat o‘yin uchun yangi treylerni chiqardi.