Samsung Galaxy Z TriFold uch buklamali birinchi smartfonini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 85
Samsung Galaxy Z TriFold uch buklamali birinchi smartfonini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi brendning uch marta buklanadigan ekranga ega birinchi modeli bo‘lgan Galaxy Z TriFold’ni rasman taqdim etdi. Bu Huawei Mate XT /XTs dan keyin bozorda ushbu formatdagi ikkinchi qurilma.

Galaxy Z TriFold ikki boʻgʻindan iborat boʻlib, “G harfi” asosida ichkariga bukiladi. Yoyilgan holatda qurilma 2160×1584 o‘lchamli va 1 dan 120 Gts gacha moslashuvchan chastotali 10 dyuymli planshetga aylanadi. Katta ekranda bir vaqtning o‘zida uchta ilovani ishga tushirish yoki monitorga ulanmasdan Samsung DeX rejimida ishlash mumkin.

Tashqi displey Galaxy Z Fold7 ga o‘xshash tarzda yaratilgan bo‘lib, u 21:9 tomonlar nisbatiga ega 6,5 dyuymli OLED-ekran mavjud.

Panellarning qalinligi 3,9 dan 4,2 mm gacha, buklangan holatda esa smartfon 12,9 mm ga yetadi. Yangi qurilmaning og‘irligi 309 gramm bo‘lib, suv va changga chidamliligi IP48 bo‘yicha hisoblanadi.

Galaxy Z TriFold ning asosiy xususiyatlari:

  • Snapdragon 8 Elite protsessori (Galaxy uchun);
  • 16 GB operativ xotira va 512 GB ichki xotira;
  • asosiy kamera: 200 MP + 12 MP (ultra keng) + 10 MP (telefoto linzalari, 3x);
  • 10 megapikselli ikkita old kamera;
  • batareya — 5600 mA / soat.

Sotuvlar 12-dekabr kuni Janubiy Koreyada boshlanadi, AQSh bozoriga esa model 2026-yilning boshida kirib keladi. Samsung hozircha narxini ma’lum qilmadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling