BYD e-Mobility Festa 2025

“Alpomish” muz saroyida avtomobillar ixlosmandlari uchun “BYD e-Mobility Festa 2025” tadbiri boʻlib oʻtadi.
Tashrif buyuruvchilar BYD’ning eng so‘nggi modellari ko‘rgazmasi, mashhur san’atkorlar chiqishlari, interaktiv o‘yinlar, viktorinalar, lotereyalar va boshqa dasturlar guvohiga aylanadi.
Festivalda Toxir Sodiqov, Sevara Nazarxon, Shoxrux, Shaxriyor, Yorqinxoʻja Umarov, Jenisbek Piyazov va boshqa san’atkorlar ishtirok etadi.
Tadbirda BYD’ning yangi avtomobillariga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma ham oʻtkaziladi. Mehmonlar Denza B5, Denza B8, Denza N9, BYD M9 hamda global model qatoriga yangi qo‘shilgan boshqa avtomobillar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, tadbir davomida mutlaqo yangi BYD ATTO 8 modeli ilk marotaba O‘zbekistonda rasmiy taqdim etiladi.
Festivalga kirish chiptalari bepul.
Chiptalarni ushbu havola orqali olish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: 1811.