ChatGPT'ning bepul versiyasida reklamalar chiqishni boshlaydi

E’lon qilingan sana· 38
ChatGPT'ning bepul versiyasida reklamalar chiqishni boshlaydi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT’da reklamalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Birinchi bosqichda xizmatning bepul versiyasining AQShdagi foydalanuvchilaridan test guruhlari shakllantiriladi.

Qayd etilishicha, Plus, Pro, Business, Enterprise va Edu pullik obunalarida reklama joriy etish rejalashtirilmagan. Kompaniya xabariga ko‘ra, reklama bloklari aniq belgilanadi va neyrotarmoq javoblaridan alohida joylashtiriladi. Reklamalarning koʻrsatilishi, javoblar mazmuniga ta’sir qilmaydi.

Ta’kidlanishicha, standart holatda reklama moslashtiriladi, lekin foydalanuvchilar istalgan vaqtda uni sozlash uchun ishlatiladigan ma’lumotlarni tozalab tashlashi mumkin. ChatGPT bilan bo‘lgan muloqotlar reklama beruvchilarga uzatilmaydi, ammo kelajakda foydalanuvchilar bevosita chat orqali reklama beruvchiga savol berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

ChatGPT ilovasining “personalizatsiya” bo‘limida chat-botning nutq uslubini sozlash imkoniyati qoʻshilgan edi. Unga koʻra, to‘rtta parametrni sozlash mumkin. Bular iliqlik, ishtiyoq, ro‘yxatlar va kichik sarlavhalarni tuzishga moyillik, emojilarga muhabbat hisoblanadi. Ularning har birini “katta”, “kichik” yoki “odatiy” qilib o‘rnatish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling