Apple mart oyida maxsus tadbir oʻtkazishini e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 30

Apple bloggerlar va ommaviy axborot vositalariga 2026-yil 4-mart kuni boʻlib oʻtadigan maxsus tadbirga taklifnoma yubordi. Tadbir AQSh sharqiy vaqti bo‘yicha ertalab soat 9:00 da boshlanadi.
Tadbir nomi Apple Event emas, balki maxsus Apple Experience bo‘lib, bu odatdagi yirik e’lonlarga qaraganda taqdimotning yangi formatiga ishora qilmoqda.

Tadbirning aniq dasturi hali ma’lum qilinmagan. Ammo, ommaviy axborot vositalari va bazi manbalar xabar berishicha, Apple kompaniyasi iPhone 17e, M5 chipli MacBook Air, M5 Pro/M5 Max chipli MacBook Pro hamda A18 Pro chipli hamyonbop MacBook modellarini tayyorlamoqda (aynan shu chip iPhone 17 Pro smartfonida ham o‘rnatilgan).
