Telegramda shaxsiy chatlar uchun nusxalashni taqiqlash xususiyati ishga tushadi
E’lon qilingan sana: · 96

Telegramning iOS uchun yangi beta-versiyasida (12.5 — 32413) shaxsiy chatlar uchun yangi maxfiylik funksiyasi paydo bo‘ladi. Ushbu xususiyat orqali foydalanuvchilar kontaktlariga shaxsiy yozishmalardagi materiallarni nusxalash, saqlash va boshqa chatlarga yuborishni taqiqlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
Mazkur himoya funksiyasini yoqish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:
- suhbatdoshingiz profiliga kiring;
- “Kontaktni tahrirlash” (Edit Contact) bo‘limini tanlang;
- “nusxa olishni taqiqlash” (Restrict Copying) yoqing.

Ayni paytda ushbu funksiya to‘liq faol emas. Bu imkoniyat hali test bosqichida. Yangi xususiyat kelajakda shaxsiy yozishmalar xavfsizligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Hozircha qachon barqaror versiyada paydo bo‘lishi hozircha noma’lum.