Apple yangi rangli va arzon MacBook Neo modelini taqdim etdi

Apple oʻzining eng arzon noutbuki — 599 dollarlik MacBook Neo modelini taqdim etdi.
MacBook’da ilk bor iPhone 16 Pro‘ga o‘rnatilgan A18 Pro smartfon chipidan foydalanilmoqda. Kompaniya ta’kidlashicha, u kundalik vazifalarni Intel Core Ultra 5 bazasidagi Windows noutbuklariga qaraganda 50 foizga, mahalliy sun’iy intellekt hisobida esa uch baravargacha tezroq bajaradi.

Texnik xususiyatlar:
- 2408×1506 oʻlchamlari va 500 nitgacha yorqinligi bilan 13 dyuymli Liquid Retina displeyi;
- korpus oʻlchamlari: 297.5×206.4×12.7 mm, vazni: 1.23 kg;
- 8 GB operativ xotira va 256 yoki 512 GB ichki xotira;
- old kamera — FaceTime HD 1080p;
- 16 soatgacha video tomosha qilishni ta’minlovchi 36,5 Vt/soatlik akkumuylator;
- portlar USB-C 2.0, USB-C 3.0 va audio uyachasini oʻz ichiga oladi, Wi-Fi 6E va Bluetooth 6 ham qoʻllab-quvvatlanadi.

Yangi model kumush, pushti, sariq va koʻk ranglarda, korpusga mos keladigan klaviatura bilan jihozlangan. 8GB/256GB asosiy versiyasida Touch ID barmoq izi skaneri yoʻq — parol orqali kirish mumkin. 512GB versiyasida barmoq izi skaneri qoʻshilgan.
MacBook Neo 8GB/256GB konfiguratsiyasi uchun 599 dollardan (7 300 000 soʻm) boshlanadi. Qoʻshimcha 256 GB xotira va Touch ID narxini 699 dollarga (8 519 000 soʻm) oshiradi.
