Sun’iy intellekt suratga olishning ajralmas qismi sifatida: TECNO brendi CAMON 50 seriyasini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 150
Sun’iy intellekt suratga olishning ajralmas qismi sifatida: TECNO brendi CAMON 50 seriyasini taqdim etdi

Yangi flagman smartfonlar to‘plami ilg‘or texnologiyalarni TECNOʻning innovatsion SI algoritmlari bilan uyg‘unlashtirib, suratga olish sifatini yanada oshiradi.

TECNO smartfonlar va innovatsion qurilmalar brendi O‘zbekistonda CAMON 50 smartfonlarining yangi seriyasini taqdim etdi. CAMON 50 Pro va CAMON 50 modellari suratga olish va qayta ishlashning SI algoritmlari yordamida birinchi urinishda chiroyli kadrlarni yaratishga yordam beradi.

SI ko‘magida ko‘proq yorqin suratlar tajribasi

CAMON 50 Pro smartfoni 50 MP Sony LYTIA 700C Ultra Night kamerasi bilan jihozlangan bo‘lib, u hatto kam yorug‘lik sharoitida ham aniq va sifatli suratlar olish imkonini beradi. Shuningdek, unda 3 karra zumga ega, 70 mm fokus masofali 50 MP telefoto linza mavjud bo‘lib, u ayniqsa portret suratlar uchun juda mos keladi. Shuningdek, 8 MP keng burchakli linza ham mavjud. Ushbu kamera tizimi yaqin masofalar yohud stadion suratlari uchun juda mos keladi — 60x raqamlashtirilgan zum har bir detalni suratga oladi. 32 MP modul selfilar uchun javob beradi.

CAMON 50 ham shunga o‘xshash 50 MP asosiy kamera, 8 keng burchakli linza va 32 MP old kameraga ega. Ikkala model ham optik tasvirni barqarorlashtiradi.

AI RAW 2.0 tasvirni qayta ishlash protsessori ushbu linzalarni qo‘llab-quvvatlaydi va yuqori tasvir sifatiga erishadi. Super-Zoom FlashSnap texnologiyasi telefoto linzasidan foydalanib, hatto uzoq masofalarda ham dinamik sahnalarni yuqori tezlikda suratga oladi. AI Auto Zoom mukammal kompozitsiyani yaratish uchun obyektlarni uzluksiz taniydi va kesadi.

SI har bir kun uchun

CAMON 50 seriyasi sanoatda birinchi bo‘lib AI Art Gallery funksiyasini taqdim etadi, bu har qanday tasvirni mashhur san’at asarlariga o‘xshatib yaratish imkonini beradi. U o‘tmish va hozirgi davrning turli xil badiiy uslublaridan foydalanadigan Dream Scape modeliga asoslangan. Foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar:

  • Live Photo — suratga tushish jarayonidan bir necha lahza oldin va keyinni yozib oladi va qisqa GIF yaratadi;
  • AI 3D PhotoSpace — fotosurat yoki tasvirga chuqurlik illyuziyasini qo‘shadi;
  • AI LightMaster 2.0 — bir marta bosish orqali keraksiz yorqinlik va soyalarni yo‘q qiladi.

Yangi TECNO smartfonlaridagi sun’iy intellekt imkoniyatlari fotorasmni qayta ishlash doirasidan ancha keng. AI Key — bu oddiy smartfonni tahlil va tahrir vositasiga aylantiruvchi butun boshli funksiyalar to‘plami. FlashMemo funksiyasi murakkab matnni tushunishga yordam beradi, AI Writing 2.0 esa ijtimoiy tarmoqlardagi suratlar uchun yorqin va jozibador izohni o‘zi taklif qiladi.

Har qanday ssenariyga tayyor

CAMON 50 Pro va CAMON 50 smartfonlari MediaTek Helio G200 protsessori asosida ishlaydi. Har ikki model 6.78 dyuymli, 1,5K aniqlik va 144 Gs yangilanish chastotasiga ega yorqin AMOLED displey bilan jihozlangan. Asosiy versiyada ekran tekis, Pro modelida esa egri shaklda. Korpus IP68/IP69/IP69K standartlari bo‘yicha suv va changdan ishonchli himoyalangan.

6500 mA·soat sig‘imga ega akkumulyator bilan smartfonlar ikki kungacha zaryadsiz ishlay oladi. 45 Vt gacha quvvatga ega Super Charge tezkor zaryadlash esa energiyani qisqa vaqt ichida tiklaydi. Ko‘p sayohat qiluvchilar uchun yangi modellarda FreeLink funksiyasi ham mavjud — Bluetooth Long Range orqali tarmoqqa ulanmasdan qo‘ng‘iroq qilish va xabar yuborish mumkin.

“CAMON 50 liniyasidagi smartfonlar kundalik hayotingizda ishonchli tayanch bo‘lishi uchun ishlab chiqilgan. Bu yerda sun’iy intellekt shunchaki bezak emas, u yordam berish uchun yaratilgan: ma’lumotni eslab qolish, suratlarni qayta ishlash yoki smartfon bilan muloqotni yanada qulay qilish. Biz SI bilan ishlash jarayonini intuitiv va qulay qilishga harakat qildik”, — deya ta’kidladi TECNO bosh direktori Jek Guo.

CAMON 50 Pro va CAMON 50 smartfonlari qora, kulrang va yashil ranglarda taqdim etilgan. Har ikki model 8/256 G xotira konfiguratsiyasida mavjud.

Bundan tashqari savdoga katta model — CAMON 50 Ultra 5G chiqadi. Smartfon 50 MP selfi-kamera va yanada kuchli MediaTek Dimensity 7400 Ultimate protsessoriga ega. Qolgan texnik xususiyatlari CAMON 50 Pro modeliga o‘xshash.

tecno, реклама

TECNO haqida

TECNO — dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritayotgan smartfonlar va aqlli qurilmalar brendi. TECNOʻning missiyasi — innovatsiyalarni joriy etish va texnologik yutuqlarga erishish orqali butun dunyo iste’molchilariga hayot uchun muvozanatli texnologiyalarni taklif etish.

Brend assortimentiga smartfonlar, taqiladigan smart qurilmalar, noutbuk va planshetlar, intellektual o‘yin qurilmalari hamda aqlli uy uchun mahsulotlar kiradi. “Stop At Nothing” shiori asosida TECNO sun’iy intellektga tayangan eng so‘nggi texnologiyalarni ishlab chiqadi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling