ChatGPT'ga musiqalarni Shazam orqali topish imkoniyati qoʻshildi

E’lon qilingan sana· 81
ChatGPT'ga musiqalarni Shazam orqali topish imkoniyati qoʻshildi

OpenAI kompaniyasi Shazam musiqani aniqlash xizmatini ChatGPT’ga integratsiya qildi. Endi foydalanuvchilar treklarni ilovadan chiqmasdan aniqlashi mumkin.

Qayd etilishicha, Apple korporatsiyasiga qarashli Shazam servisi ham OpenAI ekotizimining bir qismiga aylangan. Shazam ChatGPT’ning mini-ilovalar katalogida mavjud.

Foydalanuvchilar ovoz yoki matn orqali “Shazam, qanday musiqa yangrayapti?” yoki “Shazam, bu qanday qo‘shiq?” deb so‘rashi mumkin. Xizmat mikrofonni yoqishni taklif qiladi.

Keyin platforma qo‘shiqni aniqlaydi, ijrochi nomi va albom muqovasi yozilgan kartochkani ko‘rsatadi. Alohida ilovani o‘rnatish shart emas.

Xizmat bepul boʻlib, hozirda ChatGPT’ning iOS, Android va veb-versiyada mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling