Youtube'da Shorts videolarni butunlay cheklab qoʻyish imkoniyati paydo boʻldi

YouTube ilovasida endi foydalanuvchilar Shorts videolari uchun 0 daqiqalik limit o‘rnatishlari mumkin. Bu esa amalda qisqa videolarni ilovadan butunlay yashirish imkonini beradi.
Mazkur yangilanish Shorts uchun vaqt cheklovi funksiyasining davomi hisoblanadi. Ushbu imkoniyat dastlab oktyabr oyida joriy etilgan bo‘lib, avval minimal vaqt 15 daqiqa edi. Yanvar oyida esa funksiya kengaytirilib, ota-onalarga farzandlarining Shorts tomosha qilish vaqtini nazorat qilish imkoniyati berilgan.
YouTube vakili Makenzie Spiller ma’lum qilishicha, 0 daqiqalik limit hozirda barcha ota-onalar uchun mavjud bo‘lib, bosqichma-bosqich barcha foydalanuvchilarga, jumladan oddiy akkaunt egalari uchun ham taqdim etilmoqda.
Unga Shorts bo‘limida videolar ko‘rinmaydi va foydalanuvchiga “Shorts lentasi limiti tugadi” degan xabar chiqadi. Shuningdek, Shorts videolari bosh sahifadan ham yo‘qoladi.
Ushbu funksiyani yoqish uchun YouTube ilovasida “Sozlamalar” boʻlimidan “Vaqtni boshqarish” bo‘limiga o‘tib, “Shorts uchun cheklov” funksiyasini faollashtirish va kerakli vaqtni (jumladan 0 daqiqa) tanlash kifoya.