Yandex Auto O‘zbekistonda Li Autoning texnologik hamkoriga aylandi

E’lon qilingan sana· 26
Yandex Auto O‘zbekistonda Li Autoning texnologik hamkoriga aylandi

O‘zbekiston uchun yangi Li L9 premium SUV’da beshta xizmat — Maps, Fuel, Music, Books va Video xizmatlarini birlashtirgan Yandex Auto platformasi mavjud bo‘ladi. Xizmatlardan smartfon ulanmagan holda avtomobilning odatiy ekranlarida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Li Auto bilan texnologik hamkorlik doirasida Yandex Auto platformasi Li L9 premium oilaviy SUV avtomobilining shtat multimedia tizimiga integratsiya qilinadi. Avtomobil egalariga beshta o‘rnatilgan xizmat — Yandex Maps, Yandex Fuel, Yandex Music, Yandex Books va Yandex Video taqdim etiladi. Platforma avtomobil tizimlari bilan chuqur integratsiya qilingani tufayli, ushbu xizmatlardan smartfon ulamasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobilning shtat ekranlari orqali foydalanish mumkin bo‘ladi.

Yandex Maps yordamida Li L9 egalari yo‘ldagi vaziyatni real vaqt rejimida hisobga olgan holda marshrut tuzishi, oflayn xaritalardan foydalanishi hamda tezlik kameralari va yo‘l ta’mirlash ishlari haqida ogohlantirishlar olishi mumkin. Yandex Fuel integratsiyasi esa yo‘nalish bo‘ylab mos yonilg‘i quyish shoxobchalarini topish va avtomobildan tushmasdan turib yonilg‘i uchun onlayn to‘lov qilish imkonini beradi.

Yandex Music xizmatida xorijiy va o‘zbekistonlik ijrochilarning millionlab qo‘shiqlari, shaxsiy pleylistlar, mavzuli to‘plamlar hamda “Mening to‘lqinim” (“Моя волна”) funksiyasining shaxsiy tavsiyalari mavjud. Safar davomida haydovchi va yo‘lovchilar Yandex Books orqali kattalar va bolalar uchun audiokitoblarni ham tinglashi mumkin. Salondagi ekranlarda esa Kinopoisk orqali filmlar, seriallar va multfilmlarni tomosha qilish, shuningdek, Yandex Video yordamida internetdagi videolarni izlash imkoniyati yaratiladi.

Yandex Auto‘ning barcha xizmatlari Yandex ID orqali ekotizim bilan sinxronlashtiriladi. Shu bois foydalanuvchi saqlangan manzillar va joylar, shaxsiy pleylistlar hamda tanlangan qo‘shiqlarga doimo kirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, haydovchi avval to‘xtatgan joyidan audiokitobni tinglash yoki film tomoshasini davom ettirishi mumkin.

“Bugun foydalanuvchilar odatlangan raqamli yechimlar avtomobilga tabiiy ravishda integratsiya qilingan va safarning ilk daqiqalaridanoq ishlashini kutishadi. Yandex Auto navigatsiya va ko‘ngilochar xizmatlarni yagona muhitda birlashtiradi, buning uchun smartfon ulash talab etilmaydi va foydalanuvchining shaxsiy sozlamalari hamda afzalliklari saqlanib qoladi. Li Auto bilan hamkorlik Li L9 egalariga aynan shunday tajribani taqdim etish va Yandex Uzbekistan avtomobil texnologiyalarini yanada rivojlantirish imkonini beradi”, — dedi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.

Li L9 uchinchi avlod harakat zaxirasini oshirish tizimi bilan jihozlangan: WLTC sikli bo‘yicha faqat elektr quvvatida 420 km gacha, umumiy harakat zaxirasi esa 1650 km gacha yetadi. Modelning texnologik xususiyatlari qatoriga 800 voltli arxitektura, faol osma tizimi, Steer-by-Wire boshqaruv tizimi, buriluvchi orqa g‘ildiraklar, 29 dyuymli panoramali ekranga ega yangi avlod intellektual kokpiti hamda Qualcomm Snapdragon 8797 hisoblash platformasi kiradi.

“O‘zbekiston Li Auto o‘tgan yili ilk bor kirib kelgan xorijiy bozor bo‘ldi. Mamlakatda yangi Li L9 modelining taqdim etilishi esa kompaniyaning mintaqadagi rivojlanishidagi yana bir muhim bosqichni anglatadi. Biz uchun ilg‘or avtomobil texnologiyalari mahalliy foydalanuvchilarning kundalik ehtiyojlariga moslashtirilgan qulay raqamli muhit bilan uyg‘unlashishi muhim. Yandex Auto bilan hamkorlik ommabop xizmatlarni avtomobilning standart multimedia tizimiga bevosita integratsiya qilish va ulardan qo‘shimcha qurilmalar yoki alohida ulanishlarsiz foydalanish imkonini beradi”, — dedi Li Autoʻning Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh menejeri Juliya Vu.

O‘zbekistonda Li L9 Li Auto‘ning rasmiy dilerlik tarmog‘i — Control Auto, Vector, Aster, Sultanov Motors orqali sotuvga chiqariladi. Avtomobil Livis komplektatsiyasida 1 299 900 000 so‘m, Ultra komplektatsiyasida esa 1 099 900 000 so‘m etib belgilanadi.

Avtomobilni rasmiy savdo kanallari orqali xarid qilgan mijozlarga zavod kafolati, sertifikatlangan texnik xizmat, original ehtiyot qismlar, Li Auto muhandislar jamoasining texnik ko‘magi hamda rasmiy OTA dasturiy ta’minot yangilanishlari taqdim etiladi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling