Caviar yig‘iladigan iPhone Ultra’ni Apple’dan oldinroq namoyish etdi

Hali Apple hali o‘zining birinchi buklanadigan smartfonini rasman taqdim etmagan bo‘lsa-da, Caviar buklanadigan iPhone Ultra’ning maxsus versiyalarini sotishni boshladi. Dizaynerlar kelajakdagi qurilmaning muhandislik prototiplari va sizib chiqqan ma’lumotlarni asos qilib oldi.

Eng noodatiy versiya Liquid Metal bo‘ldi — uning korpusi kumushdan foydalangan holda ishlangan va ko‘zgu kabi yaltiraguncha sayqallangan. Dizayn “Terminator 2” filmidagi suyuq metallga ishora qiladi. Caviar ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya bo‘lajak iPhone Ultra dizaynining 10 ta variantini tayyorlagan: charm, kumush, oltin va titandan foydalangan.
Shu bilan birga, buklanadigan iPhone hozircha Apple’ning norasmiy mahsuloti bo‘lib qolmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu sentyabr oyida iPhone 18 Pro va 18 Pro Max bilan birga taqdim etilishi mumkin. “Kitob” formatidagi yig‘iladigan korpus, ichki ekrani taxminan 7,8 dyuym va tashqi ekrani taxminan 5,5 dyuym bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, haqiqiy suyuq metall emas, balki maxsus mustahkam qotishma bo‘lgan “suyuq metall"dan foydalanish mumkinligi haqida xabar berilgan.
Caviar narxlari bo‘lajak smartfonning o‘zidan sezilarli darajada yuqori: kompaniya katalogida maxsus iPhone Ultra Titanium narxi — 13 840 dollar (164 032 000 so‘m), Silver — 15 270 dollar (180 980 000 so‘m), Dark Cherry — 14 270 dollar (169 128 000 so‘m) va Gold — 15 560 dollar (184 417 000 so‘m) dan boshlanadi. Taqqoslash uchun, oddiy yig‘iladigan iPhone Ultra, joriy ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 2000−2500 dollar (23 704 000−29 630 000 so‘m) atrofida bo‘lishi mumkin.







