Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 73
Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram 13 yoshga to‘lishi munosabati bilan navbatdagi yirik yangilanishini chiqardi. Unda guruh va kanallar uchun salomlashuv xabarlari, xabarlar ichidagi interaktiv tugmalar, matnga hujjat va fayllarni joylashtirish hamda Marketpleysdagi hadyalarga imzo qo‘shish imkoniyatlari paydo bo‘ldi.

Endilikda guruh va kanal egalari yangi a’zolargagina ko‘rinadigan salomlashuv xabarlarini yuborishi mumkin. Xabarlarga media va boy formatlashni qo‘shish, shuningdek, dasturchilar uchun interaktiv tugmalar yordamida so‘rovnomalar, o‘yinlar, viktorinalar va boshqa avtomatlashtirilgan oqimlarni yaratish imkoniyati ham taqdim etildi.

Telegram’ning matn muharriri ichiga hujjatlar, fayllar va musiqani joylashtirish ham mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari, Marketpleys orqali yuboriladigan kolleksion hadyalarga foydalanuvchilar o‘z imzosi va fikrini qo‘sha oladi.

  • false
  • false
  • false
  • false

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida Telegram’ga 55 dan ortiq yangi funksiya kiritilgan. Ular orasida boy matn muharriri, iOS’dagi Liquid Glass dizayni, chatlarni avtomatlashtirish, 100 milliondan ortiq stiker va emoji qidiruvi, aqlli soatlar uchun Telegram, AI botlarni qo‘llab-quvvatlash, kuchaytirilgan so‘rovnomalar va passkey’lar ham bor.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling