Xiaomi Smart Band 11’ni taqdim etdi — u yupqaroq va yorqinroq bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 354
Xiaomi Smart Band 11’ni taqdim etdi — u yupqaroq va yorqinroq bo‘ldi

Xiaomi yangi Smart Band 11 fitnes bilaguzugini taqdim etdi.

Avvalgi model bilan taqqoslaganda, bilaguzuk yupqaroq va yengilroq bo‘ldi: qalinligi 10,95 mm o‘rniga 9,99 mm, og‘irligi esa 15,95 gramm o‘rniga 15,58 grammni tashkil etadi. Bunda 1,72 dyuymli AMOLED ekran yanada yorqinlashgan — maksimal yorqinlik 1 500 nitdan 2 000 nitgacha oshgan.

Smart Band 11 yurak urish tezligi va qondagi kislorod miqdorini o‘lchash uchun sensorlar, uyqu sifatini kuzatish funksiyasi hamda suvdan himoyaga ega. Qurilmaning avtonom ishlash vaqti 21 kungacha yetadi. Mashg‘ulotlar uchun 150 dan ortiq sport rejimi mavjud.

Bilakuzuk HyperOS 4 operatsion tizimida ishlaydi va Android hamda iPhone smartfonlari bilan mos keladi.

Xitoydagi narxlar:

  • Smart Band 11 — 289 yuan (508 000 so‘m);
  • NFC’li Smart Band 11 — 339 yuan (596 000 so‘m);
  • metall yoki keramik korpusli versiya — 399 yuan (702 000 so‘m).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling