Xiaomi A4 formatidagi ekranga ega keng bukiluvchi 18 Fold’ni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 160
Xiaomi A4 formatidagi ekranga ega keng bukiluvchi 18 Fold’ni taqdim etdi

Xiaomi yangi bukiluvchi flagman 18 Fold’ni taqdim etdi. Smartfon keng formatda ishlab chiqilgan: tashqi ekran diagonali 5,38 dyuym, ichki ekran esa 7,38 dyuymni tashkil etadi. Har ikki displeyning tomonlar nisbati A4 varag‘idagi kabi 2:1. Kompaniya bunday format o‘qish va video tomosha qilish uchun qulay ekanini ta’kidlamoqda.

Yoyilgan holatda korpus qalinligi atigi 5,02 mm, og‘irligi esa 219 grammni tashkil etadi. Buklash uchun uch bosqichli konstruksiyaga ega yangi avlod sharniri ishlatilgan, egiluvchan ekrandagi bukilish izi esa taxminan 30 mkm. Korpus alyuminiy va Dragon Crystal 3.0 oynasidan tayyorlangan.

Xususiyatlari:

  • tashqi ekran — 5,38 dyuym, LIPO-OLED, 1712×1168 piksel, 1−120 Gts;
  • ichki ekran — 7,38 dyuym, LIPO-OLED, 2364×1672 piksel, 1−120 Gts, yorqinligi 4 000 nitgacha;
  • protsessor — Xiaomi Xring O3, 3 nm, 10 yadro;
  • xotira — 12/16 GB tezkor xotira va 256 GB-1 TB ichki xotira;
  • kameralar — 200 MP asosiy, 50 MP ultra keng burchakli va 3,5 karra kattalashtirishga ega 50 MP telefoto kamera;
  • akkumulyator — 6 000 mA·soat, 67 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlash;
  • aloqa — 5G, Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0, NFC va UWB;
  • operatsion tizim — HyperOS 4 bilan Android 17.

Xitoyda oldindan buyurtmalar allaqachon boshlangan. 12/256 GB xotirali bazaviy versiya narxi 10 999 yuan (19 331 000 so‘m). Smartfon oq, qora, oltin va qizil ranglarda sotuvga chiqariladi. Oltin rangli versiya keramik orqa panelga ega bo‘lib, atigi 1 500 dona ishlab chiqariladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling