Apple iPhone 18 Pro, bukiluvchi iPhone Duo va AirPods 5 modellarini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 211
Apple iPhone 18 Pro, bukiluvchi iPhone Duo va AirPods 5 modellarini taqdim etdi

Apple Park’da 9-sentyabr kuni kompaniyaning an’anaviy yillik taqdimotida o‘tkazildi. Uni Tim Kuk o‘rniga Apple’ning yangi bosh direktori Jon Ternus olib bordi. Jarayonda yangi iPhone, yanada kuchli chip va aqlli soatlarning navbatdagi avlodi namoyish etildi.

Apple dastlab iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max'ni taqdim etdi. Har ikki model 48 MP Fusion asosiy kamerasi, o‘zgaruvchan diafragma va yangi Pro boshqaruvlariga ega bo‘ldi: diafragmani, ekspozitsiyani, oq balansini va boshqa sozlamalarni qo‘lda boshqarish mumkin. Smartfonlar A20 Pro chipi va yangi bug‘ kamerali sovitish tizimi bilan ishlaydi, Dynamic Island esa bir vaqtning o‘zida uchta Live Activity’ni ko‘rsatadi.

iPhone 18 Pro 6 000 mA·soat akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, eSIM-only versiyasi 36 soatgacha video ko‘rsatadi, iPhone 18 Pro Max esa 45 soatgacha ishlaydi. Modellar 256 GB, 512 GB, 1 TB va 2 TB xotira bilan chiqariladi; AQShdagi boshlang‘ich narxlar mos ravishda 1 199 va 1 299 dollar.

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Shuningdek, Apple ochiq konstruksiyadagi yangi AirPods 5 quloqchinlarini ko‘rsatdi. Ular Active Noise Cancellation, yaxshilangan tovush, Adaptive EQ, Siri AI va Live Translation funksiyalarini oldi, ANC esa AirPods 4 ANC’ga nisbatan tashqi shovqinni 50 foizgacha ko‘proq kamaytiradi. AQShda narxi 129 dollar, simsiz quvvatlash g‘ilofli versiyasi esa 149 dollardan boshlanadi.

  • false
  • false
  • false

Apple Watch Series 12 yangi Health Sensing System va S11 chipi bilan taqdim etildi. Soat yurak urishini har besh soniyada o‘lchaydi, HRV ko‘rsatkichini 24 baravargacha tez-tez kuzatadi va yangi Readiness funksiyasi organizmning kunlik yuklamaga tayyorligini 0−10 ballik tizimda baholaydi. Shuningdek, yangi Audio Intelligence funksiyalari suhbatdagi muhim ma’lumotlarni eslab qolish va atrofdagi muhim tovushlarni aniqlashga yordam beradi. AQShdagi narxi 399 dollardan boshlanadi.

  • false
  • false
  • false

Apple Watch Ultra 4 esa 45 soatgacha ochiq havodagi mashg‘ulotlarni kuzatish imkonini beruvchi akkumulyator, yangi Health Sensing System va aniqroq GPS bilan chiqdi. Unda Readiness, yurak urishini har besh soniyada o‘lchash, yangilangan Health ilovasi va Audio Intelligence funksiyalari ham mavjud; AQShdagi boshlang‘ich narxi 799 dollar.

  • false
  • false
  • false

Apple o‘zining ilk bukiluvchi smartfoni iPhone Duoʻni ham namoyish etdi. Yoyilganda qurilma 7,6 dyuymli ichki ekranga ega bo‘ladi, buklangan holatda esa 5,4 dyuymli tashqi displey ishlaydi; ichki ekran nano-texture qoplamaga ega, ikkala displeyda ham ProMotion, Always On va 3 000 nitgacha yorqinlik mavjud.

iPhone Duo A20 Pro chipi, yangi sovitish tizimi va ikki akkumulyatorli konstruksiya bilan jihozlangan. Qurilma ichki ekran orqali 31 soatgacha, tashqi ekran orqali esa 44 soatgacha video ko‘rsatadi; 48 MP asosiy va ultra keng burchakli kameralar, shuningdek buklanadigan korpusga moslashtirilgan Smart Take, Duo Preview va Duo FaceTime kabi yangi imkoniyatlarga ega.

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

iPhone Duo AQShda 1 999 dollardan boshlanadi va 256 GB, 512 GB, 1 TB hamda 2 TB xotira variantlarida chiqariladi. Oldindan buyurtmalar 16-oktyabrda, sotuv esa 23-oktyabrda boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling