Chevrolet Equinox PHEV narxlari e’lon qilindi — UzAuto Motors ilk gibrid avtomobili sotuvi boshlaydi

E’lon qilingan sana· 314
Chevrolet Equinox PHEV narxlari e’lon qilindi — UzAuto Motors ilk gibrid avtomobili sotuvi boshlaydi

UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet brendining ilk gibrid avtomobili — Equinox PHEV krossoveri sotuvi boshlanishini ma’lum qildi. Model Activ 80 KM va Activ 120 KM komplektatsiyalarida taklif etiladi.

Chevrolet Equinox PHEV tashqi elektr tarmog‘idan quvvatlanadigan gibrid tizimga ega. Activ 80 KM versiyasi faqat elektr quvvatida 80 km gacha, Activ 120 KM esa 120 km gacha yuradi. To‘liq quvvatlangan batareya va to‘ldirilgan yoqilg‘i baki bilan avtomobilning umumiy yurish zaxirasi 1 000 km dan oshadi.

Model 1,5 litrli turbo benzin dvigateli, 188 ot kuchiga ega elektromotor va 2 pog‘onali DHT gibrid transmissiyasi bilan jihozlangan. Komplektatsiyaga qarab 17 va 24 kVt·soat sig‘imli LFP akkumulyatoridan foydalanadi.

Xavfsizlik tizimlari orasida adaptiv kruiz-kontrol, avtomatik favqulodda tormozlash, harakat bo‘lagida ushlab turish, ko‘rinmas zonalarni monitoring qilish, 360° kamera, oltita xavfsizlik yostiqchasi va yo‘l belgilarini aniqlash tizimi bor. Salonida 11 dyuymli raqamli panel va multimedia ekrani, Apple CarPlay, simsiz quvvatlash, panoramali lyuk, old o‘rindiqlarni isitish va ventilyatsiya qilish funksiyalari taqdim etilgan.

Narxlar:

  • Chevrolet Equinox PHEV Activ 80KM — 463 500 000 so‘m;
  • Chevrolet Equinox PHEV Activ 120KM — 478 500 000 so‘m.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling