O‘zbekistonda Apple TV ishlay boshladi
E’lon qilingan sana: · 48

Apple TV striming xizmati O‘zbekistonda ham ishlay boshladi.
Xizmatdan foydalanish uchun iCloud’ning eng bazaviy obunasiga ega bo‘lish talab etiladi. Bu obuna narxi hozirda 0,99 dollarni (11 646 so‘m) tashkil etadi.
Endilikda striming xizmati saytida ro‘yxatdan o‘tish uchun O‘zbekistonni tanlash mumkin. Bu xizmat mamlakatda rasman ishlay boshlaganini anglatadi.
