HONOR Magic9 va Magic9 Pro Max kamerafonlari taqdim etildi

E’lon qilingan sana: · 87
HONOR Magic9 va Magic9 Pro Max kamerafonlari taqdim etildi

HONOR kompaniyasi Xitoyda yangi flagman smartfonlari Magic9 va Magic9 Pro Max’ni taqdim etdi. Har ikki model katta sig‘imli batareya va 200 MP kameraga ega, katta versiyada esa yanada kuchli chip va takomillashtirilgan fotosistema mavjud.

Magic9 2664×1236 piksel, 120 Gts yangilanish chastotasi va 2 000 nitgacha yorqinlikka ega 6,37 dyuymli LTPO-OLED displey bilan jihozlangan. Qurilma ichida Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi, 16 GB gacha tezkor va 1 TB gacha doimiy xotira o‘rnatilgan. 8 000 mA·soat sig‘imli batareya 80 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Asosiy kamera — optik stabilizatsiyaga ega 200 MP modul. Unga 50 MP ultra keng burchakli va 3,5 karra optik zumga ega 200 MP periskopik kamera qo‘shilgan.

Magic9 Pro Max 2868×1320 piksel, 1−120 Gts adaptiv yangilanish chastotasiga ega 6,8 dyuymli LTPO-OLED displey oldi. Smartfon yangi Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 chipida ishlaydi, 16 GB gacha tezkor va 1 TB gacha doimiy xotiraga ega. Batareya sig‘imi 8 800 mA·soatgacha oshirilgan. Qurilma 100 Vt quvvatda simli va 80 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Katta model, shuningdek, asosiy va periskopik kameralar uchun kattaroq sensorlarga ega: 200 MP asosiy, 50 MP ultra keng burchakli va 3,5 karra optik kattalashtirishga ega 200 MP telefoto kamera. Biometriya uchun 3D yuzni aniqlash tizimi saqlanib qolgan.

HONOR kameralarga alohida e’tibor qaratdi. Kompaniya Germaniyaning ARRI kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi va buning natijasida smartfonlar firmaga xos rang profillari hamda videoni ARRI LogC3 formatida yozib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Har ikki model 55 MP old kameraga ega bo‘lib, unda kvadrat sensor ishlatilgan. Bu smartfonni burmasdan gorizontal suratlar olish imkonini beradi.

Shuningdek, smartfonlar uchun ekvivalent fokus masofasi 200 va 500 mm bo‘lgan alohida zum-ob'ektivlar ham taqdim etiladi.

Xitoydagi narxlar:

  • Magic9 — 12/256 GB versiyasi uchun 745 dollardan (8 822 000 so‘m);
  • Magic9 Pro Max — 12/256 GB versiyasi uchun 968 dollardan (11 469 000 so‘m).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling