Google Pay O‘zbekistonda ishga tushirildi: qanday ulanish bo‘yicha yo‘riqnoma

E’lon qilingan sana: · 37
Google Pay O‘zbekistonda ishga tushirildi: qanday ulanish bo‘yicha yo‘riqnoma

O‘zbekistonda Google Pay ishga tushirildi — foydalanuvchilar Google Wallet (Hamyon) ilovasiga bank kartalarini qo‘shib, xaridlarni smartfon orqali amalga oshirishi mumkin.

2026-yil 27-oktyabr holatiga ko‘ra, TBC Bank, Uzum Bank va Ipak Yuli Bank kartalarini ulash imkoniyati mavjud.

Toʻlovni amalga oshirish uchun NFC’ga ega Android smartfoni va Google Wallet’ga qoʻshilgan karta kerak.

Google Pay’ga O‘zbekiston bank kartasini qanday qo‘shish mumkin

1. Google Play’dan Google Wallet ilovasini yuklab olish.

2. Bildirishnomalarga ruxsat berish yoki rad etish.

3. Asosiy ekranda “To‘lov kartasini kiritish” tugmasini bosish.

4. Kerakli kartani kiriting.

5. Foydalanish shartlari bilan tanishing.

6. Bankdan SMS kodini oling va kartani qoʻshishni tasdiqlang.

7. Karta qoʻshiladi.

Ilovada bog‘langan kartani sozlash va tranzaksiyalarni kuzatib borish mumkin.

Oʻzbekistonda Google Pay qanday ishlaydi?

Kontaktsiz toʻlovlardan foydalanish uchun NFC’ga ega Android smartfon orqali Google Wallet qoʻllab-quvvatlanadigan bank kartasini qoʻshish kerak. Shundan soʻng, telefonni oddiy bank kartasi kabi terminal yonida ushlab turish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling