GTA VI o‘yini sotuvga chiqmasidan 1,4 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdi
E’lon qilingan sana: · 35

Grand Theft Auto VI o‘yiniga oldindan buyurtmalar umumiy qiymati 1,45 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Sensor Tower tahliliy kompaniyasi xabar berdi. Ko‘rsatkich o‘yin rasman chiqarilishidan uch kun oldin qayd etilgan.
Buyurtmalarning asosiy qismi PlayStation foydalanuvchilariga to‘g‘ri kelgan. Ular 1,08 mlrd dollarlik 11 milliondan ortiq nusxaga oldindan buyurtma bergan. Xbox egalari esa taxminan 3,8 million nusxa uchun jami 368 mln dollar sarflagan.
Grand Theft Auto VI o‘yini 19-noyabr kuni PlayStation 5 va Xbox Series X|S konsollari uchun chiqariladi.