"Odam-amfibiya" spektaklining premyerasi

O‘zbekiston Davlat musiqali komediya teatri (Operetta) Aleksandr Belyaevning shu nomdagi ilmiy-fantastik romani asosida ishlangan yangi spektakl — “Odam-amfibiya” nomli ikki aktli fantastik sarguzasht myuzikli premyerasiga taklif etadi.
Fantastik sevgi hikoyasi, unda suv ostida ham, quruqlikda ham nafas ololadigan yigit Ixtiandr go’zal Gutierrega oshiq bo’ladi. Lekin odamlar olamida turli qonun-qoidalar bor… Ular boshqalarga o‘xshamaydigan odamga baxtli hayot kechirishga imkon berishadimi?
Musiqani zamonaviy bastakor Yegor Shashin yozgan, libretto muallifi Natalya Kuzminix.
Postanovkachi-rejissyor — Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan artisti, Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureati, Rossiya milliy teatrining “Oltin niqob” mukofoti laureati, Natalya Sats nomidagi Moskva davlat akademik bolalar musiqali teatrining badiiy rahbari va bosh rejissyori, professor Georgiy Isaakyan bo’ladi.
Chipta narxlari:
- birinchi qavat — 30 000 so’m;
- amfiteatr — 24 000 so‘m.
Murojaat uchun telefonlar: (+998) 90−052−6562, (+998) 71−273−8591, (+998) 71−273−8529.
- Sana2 dekabr, 17:30JoyГосударственный театр музыкальной комедии (оперетты) УзбекистанаToshkent, Чиланзар-C, Cho‘pon-Ota ko‘ch.
- Sana16 dekabr, 17:30JoyГосударственный театр музыкальной комедии (оперетты) УзбекистанаToshkent, Чиланзар-C, Cho‘pon-Ota ko‘ch.