“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Xalqaro opera va balet festivalining ochilishi munosabati bilan “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etiladi.
O‘zbekiston milliy baletining spektakli ilk bor 2021-yilda omma e’tiboriga havola etilgan bo‘lib, o‘sha zahotiyoq tomoshabinlarning olqish va tasannolariga sazovor bo‘lgan.
“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet sahnalashtiruvining ilk xalqaro namoyishi “Dubay Opera” sahnasida boʻlib oʻtib, keyinchalik spektakl Istanbul va Bursa (Turkiya), Dortmund (Germaniya), Parij (Fransiya), Sankt-Peterburg (Rossiya), Moskva (Rossiya) shaharlarida namoyish etildi. Joriy yilda spektaklning ilk namoyishi Pekindagi Xitoy milliy opera teatri sahnasida 22-yanvar kuni O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida o‘tkazildi.
Chipta narxlari: 100 000 soʻmdan 1 000 000 soʻmgacha.
Xarid qilish.
Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.
- Sana24dan 25-fevralgacha