"Afisha" "Diydor" teatr-studiyasi uchun chiptalar sotuvini yoʻlga qoʻydi

E’lon qilingan sana· 200
"Afisha" "Diydor" teatr-studiyasi uchun chiptalar sotuvini yoʻlga qoʻydi

Bugundan boshlab Afisha.uz “Diydor” teatr-studiyasi uchun chiptalar sotuvini yoʻlga qoʻydi. Endi bir nechta klik orqali ushbu teatr repertuarlariga onlayn chipta sotib olishingiz mumkin.

Buning uchun teatr repertuaridan spektaklni tanlang, vaqt koʻrsatilgan yashil tugmani bosing, qulay joy tanlang va pul toʻlang, shuning oʻzi kifoya.

Hozirgi paytda Afisha.uz sayti orqali 5 ta teatrga chiptalarni onlayn xarid qilishingiz mumkin: Alisher Navoiy nomidagi DAKT, Oʻzbekiston davlat drama teatri, Oʻzbekiston milliy qoʻgʻirchoq teatri, Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (Operetta) teatri va “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi.

Koʻproq spektakllar jadvali, oʻzingizga qulay seanslar va boshqa bir qancha kerakli ma’lumotlarni saytimizning “Teatrlar” boʻlimidan topishingiz mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling