Afisha.uz Yoshlar teatri spektakllari uchun chiptalar savdosini boshladi

E’lon qilingan sana· 78
Afisha.uz Yoshlar teatri spektakllari uchun chiptalar savdosini boshladi

13-fevral kuni Afisha.uz'da O‘zbekiston yoshlar teatri spektakllari uchun chiptalar sotuvi yoʻlga qoʻyildi. Bu yil teatr o‘zining 98-mavsumini ochdi.

Navoiy koʻchasi, 55-uyda joylashgan teatr binosi hozirda kapital ta’mirlanmoqda, ammo teatr jamoasi oʻz ishini davom ettirmoqda. Spektakllar Abdulla Qodiriy koʻchasi, 13-uyda joylashgan Respublika yosh tomoshabinlar teatri sahnasida boʻlib oʻtadi.

Barcha spektakllar soat 18:00 da boshlanadi.

Spektakllar jadvali va chiptalar haqida veb-sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling