"Teatr direktori" operasi

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Volfgang Amadeus Motsart musiqasi asosidagi “Teatr direktori” operasi namoyish etiladi.
“Teatr direktori” nomli g‘ayrioddiy shakldagi spektakl buyuk bastakor Volfgang Amadey Motsartga bag‘ishlangan. Uning syujeti bastakor shaxsiyatining turli qirralarini hamda ijodining yorqin va serqirra tabiatini ochib beradi.
Voqealar markazida ikki teatr avantyuristi — opera truppasi direktori janob Frank va uning yordamchisi, komik aktyor Buff turadi. Og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan bu ikkovlon eng kamtarona qalam haqi evaziga ishlashga rozi bo‘lgan san’atkorlardan yangi teatr truppasini tuzishga qaror qiladi. Ularning bu g‘oyasi shuhratparastlik, hajviyot va teatrga bo‘lgan muhabbat bir sahnada mujassamlashgan kutilmagan vaziyatlar zanjiriga aylanib ketadi.
Chipta narxi: 110 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−233−9081.
