"Don Juan" operasi

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida “Don Juan” operasi namoyish etiladi.
“Don Juan” — mashhur xotinboz haqidagi musiqiy drama bo‘lib, unda komik va tragedik holatlar o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. Syujet qahramonning ishqiy sarguzashtlari, axloqqa bepisandligi va muqarrar yakun — o‘ldirilgan Komandorning haykali uni do‘zaxga ravona qilishi bilan bog‘liq jazo haqida hikoya qiladi.
Rejissyor Konstantin Kaminin muhabbat, e’tiqod, xudbinlik va qasos mavzulariga murojaat qilib, opera qahramonlarini kutilmagan tomondan ochib beradi. Diqqat markazida har bir qahramonning illatlari — ba’zan Don Juanning o‘zidan ham ko‘ra dahshatliroq va vayronkorroq tuyuladigan nuqsonlari turadi.
Chipta narxi: 55 000 soʻmdan 165 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−233−8165.
