"Qizil Jizel" baleti

Alisher Navoiy nomidagi Davlat alademik katta teatri sahnasida “Qizil Jizel” baleti namoyish etiladi.
“Qizil Jizel” — Boris Eyfmanning XX asrning eng buyuk balerinalaridan biri Olga Spesivseva taqdiri haqidagi baletidir. Bu inqilobiy girdobga tushib qolgan, Rossiyani tark etishga majbur bo‘lgan hamda bir qator shaxsiy dramalar va larzalarni boshdan kechirgan atoqli raqqosaning hayotiy qissasidir.
Spektaklda psixologik balet teatrining plastik ifoda vositalari orqali yorqin iste’dod sohibi bo‘lgan, biroq taqdir zarbalari, og‘ir xotiralar va ichki qo‘rquvlar qarshisida ojiz qolgan inson fojiasi ochib beriladi. So‘nggida bu yo‘l qahramonni ruhiy bemorlar shifoxonasiga yetaklab keladi — bu uning sindirilgan taqdiri va fojiaviy yolg‘izligining ramzidir.
Chipta narxi: 100 000 soʻmdan 1 000 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−233−9081.
