"Afisha" Milliy akademik drama teatriga chiptalar sotuvini yoʻlga qoʻydi

E’lon qilingan sana· 905
"Afisha" Milliy akademik drama teatriga chiptalar sotuvini yoʻlga qoʻydi
Foto: Afisha.uz / Yevgeniy Sorochin

Afisha.uz Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri uchun chiptalar sotuvini boshladi.

Spektakllar jadvali Afisha.uz saytida mavjud bo‘lib, chiptalar narxi 77 000 so‘mdan boshlanadi.

Chiptalarni uyingizdan chiqmasdan sotib olishingiz mumkin. Buning uchun teatr repertuaridan spektaklni tanlang, vaqt koʻrsatilgan yashil tugmani bosing, qulay joy tanlang va pul toʻlang, shuning oʻzi kifoya.

Hozirgi paytda Afisha.uz sayti orqali 7 ta teatrga chiptalarni onlayn xarid qilishingiz mumkin: Alisher Navoiy nomidagi DAKT, Oʻzbekiston davlat drama teatri, Oʻzbekiston milliy qoʻgʻirchoq teatri, Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (Operetta) teatri, “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi, Muqumiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri va mana endi Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling