Anons
“Халиф- Аист” qoʻgʻirchoq spektakli
E’lon qilingan sana: · 18

Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatrida rejissyor Roman Boklanov va rassom Alina Korytova sahnalashtirgan “Халиф- Аист” spektaklining namoyishi boʻlib oʻtadi.
Asar asosida Vilgelm Gaufning mashhur ertagi yotadi. Biroq ushbu talqinda hikoya erkinlik izlash va yolgʻizlikning bahosi haqidagi falsafiy qissa sifatida qayta talqin etiladi. Qahramon qanot chiqarib, uzoqlarga parvoz qilishni orzu qiladi, ammo chinakam parvoz sari yoʻl u tasavvur qilganidan mutlaqo boshqacha boʻlib chiqadi.
Spektakl rus tilida taqdim etiladi.
Chipta narxi: 40 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−256−7395.
