Katta teatrda “Turandot” va “Shelkunchik” yangi talqinda sahnalashtiriladi

E’lon qilingan sana· 34
Katta teatrda “Turandot” va “Shelkunchik” yangi talqinda sahnalashtiriladi

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri repertuari yangi spektakllar bilan boyitiladi.

Prezident tanishgan madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga bagʻishlangan taqdimotda teatr repertuarini yangilash doirasida Jakomo Puchchinining “Turandot” operasi hamda Pyotr Chaykovskiyning “Shelkunchik” baletini zamonaviy talqinda sahnalashtirish rejalari koʻrib chiqildi.

Loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi mahalliy va xorijiy rejissyorlar, dirijyorlar, xoreograflar hamda sahnalashtirish boʻyicha mutaxassislarni jalb etish rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling