Anons
Katta teatrda “Shopeniana” va “Polovets raqslari” bir pardali baletlari
E’lon qilingan sana: · 4

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida jahon klassikasining ikki mashhur asarini birlashtirgan balet oqshomi bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Frederik Shopen musiqasi asosidagi romantik “Shopeniana” hamda Aleksandr Borodinning jo‘shqin “Polovets raqslari” o‘rin olgan.
- “Shopeniana” — syujetsiz, orzudek nafis balet bo‘lib, tomoshabinni she’riy kayfiyat, yengillik va mayin mung olamiga olib kiradi.
- “Polovets raqslari” — “Knyaz Igor” operasidan olingan yorqin va jo‘shqin sahna bo‘lib, sharqona raqslarning ruhi va temperamentini aks ettiradi.
Chiptalar narxi: 77 000 so‘mdan 220 000 so‘mgacha.
Murojaat uchun: (+998) 71−232−1948.