Anons

Katta teatrda “Yevgeniy Onegin” operasi

E’lon qilingan sana· 4
Katta teatrda “Yevgeniy Onegin” operasi

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Pyotr Ilich Chaykovskiyning Aleksandr Pushkinning shu nomli romani asosida yaratilgan uch pardali “Yevgeniy Onegin” lirik operasi namoyish etiladi.

Asar musiqasi spektaklning bosh qahramoni Tatyana Larinaning ichki kechinmalari va ruhiy olamini chuqur ochib beradi.

“Lirik sahnalar"da musiqiy jo‘rlik matnning uzviy davomi sifatida yangrab, qahramonlarning nozik hissiyotlari va tuyg‘ularining chuqurligini ifodalaydi.

Chiptalar narxi: 55 000 so‘mdan 165 000 so‘mgacha.

Murojaat uchun: (+998) 71−232−1948.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling