Anons
“Pyero” spektakli
E’lon qilingan sana: · 100

“Другие Звери” teatr-studiyasi rejissyor Mariya Tixomonovaning ikkinchi sahna ishi — “Pyero” spektaklini namoyish etadi.
Asar bosh qahramoni Pyeroning (fransuz aktyori va shoiri Adrian Uge ijrosida) hayoti go‘zal, ammo g‘amgin. Uning Marianna (Mariya Tixomonova) bilan uchrashuvi qahramonni kutilmagan voqealar va yangi ma’nolar sari yetaklaydi. Spektaklda rus va fransuz tillari, musiqa hamda yorug‘lik dramaturgiyasi uyg‘unlashgan.
Spektakl “Yangi to‘lqin” kinematografiyasi, xususan, Jan-Lyuk Godarning “Telba Pyero” filmi ruhidan ilhomlangan.
Chipta narxi: 100 000 so‘m.