Anons

“Bu mahallada bo‘lgan edi” musiqiy spektakli

E’lon qilingan sana· 40
“Bu mahallada bo‘lgan edi” musiqiy spektakli

O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida “Bu mahallada bo‘lgan edi” musiqiy spektakli namoyish etiladi.

Bu muhabbat, birdamlik va an’analarga sadoqat haqidagi samimiy hikoya. Mahalla aholisi choyxonachi Ali bilan birgalikda milliy merosning shinam bir go‘shasi bo‘lgan eski choyxonani saqlab qolish uchun uni ta’mirlashga qaror qiladi. Biroq yosh tadbirkor Davronboy choyxonani buzib, uning o‘rnida tungi klub qurishni rejalashtiradi. Mahalla ahli, choyxonachi Ali va uning qizi Go‘zal birlashib, tadbirkorga o‘z yurti an’analari va ona zaminga bo‘lgan muhabbatning qadrini isbotlashga harakat qiladi.

Chiptalar narxi: 55 000 so‘mdan 77 000 so‘mgacha.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling