Anons
“Quyoshli Xakasiya nurlari” konserti
E’lon qilingan sana: · 68

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida V. G. Chaptykov nomidagi Xakasiya Respublikasi filarmoniyasining “Kun suzi” xakas raqsi ansambli ijrosida “Quyoshli Xakasiya nurlari” konserti bo‘lib o‘tadi.
Kechki dasturdan xalq kuylarining original aranjirovkadagi ijrolari o‘rin oladi. O‘ziga xos raqs sahnalari orqali tomoshabinlar Xakasiyaning folklori, marosimlari va madaniy merosi bilan tanishadi.
Chiptalar narxi: 100 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha.
