Anons
A.Y.Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasining yosh san’atkorlari chiqishi
E’lon qilingan sana: · 6

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida A.Y.Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasining yosh san’atkorlari chiqish qiladi.
Dunyodagi yetakchi balet maktablaridan birining an’analarini davom ettirayotgan yosh raqqoslar yuqori mahorat va ijrodagi akademik aniqlikni namoyish etadi.
Chiqish O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Rossiya san’ati “San'at dunyosi” festivalining yorqin yakuni bo‘ladi.
Chiptalar narxi: 100 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha.
