Anons

“Adolat fasli” spektakli

E’lon qilingan sana· 15
“Adolat fasli” spektakli

O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri sahnasida Amir Temur shaxsiga bag‘ishlangan “Adolat fasli” spektakli namoyish etiladi.

Spektakl o‘zbek teatrlarining avvalgi ishlaridan tubdan farq qiladi. Oldingi asarlarda Sohibqironning tarjimai holi va sarkardalik mahoratiga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lsa, ushbu spektaklda uning shaxsiyati ochib beriladi va hayotidagi qarama-qarshiliklarga boy bir kun tasvirlanadi.

Ijodiy guruh:

  • muallif — U. Azim;
  • rejissyorlar — B. To‘rayev, A. Xolmo‘minov;
  • rassom-sahnalashtiruvchi — B. To‘rayev;
  • bastakor — A. Otegenov.

Spektakl o‘zbek tilida namoyish etiladi.

Chiptalar narxi: 77 000 so‘mdan 110 000 so‘mgacha.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling