Anons
“Behalovat koshona” spektakli
E’lon qilingan sana: · 10

O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri sahnasida “Behalovat koshona” dramatik spektakli namoyish etiladi.
Spektakl ko‘zga ko‘rinmas kurashda mag‘lub bo‘lgan insonlarning taqdiri haqida hikoya qiladi. Ularning hayoti ortga qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladigan xatolar zanjiriga aylanadi. Hatto samimiy pushaymon ham o‘tmishni o‘zgartirishga ojiz bo‘lib qoladi.
Ijodiy guruh:
- muallif — N. Abbosxon;
- rejissyor — M. Madazimova;
- sahna rassomi — M. Azimov.
Chiptalar narxi: 77 000 so‘mdan 110 000 so‘mgacha.