Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatriga direktor etib tayinlandi

E’lon qilingan sana: · 17
Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatriga direktor etib tayinlandi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib tayinlandi. Bu haqda teatr matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Fotih Jalolov bungacha Oʻzbekiston Davlat satira teatrida ham diroktor sifatida ish olib borgan. Shuningdek, u “Bomba”, “Sardor”, “Oʻrtoq Boykenjayev”, “Oʻyin” kabi bir qator kinokartinalarda rol oʻynagan.

Fotih Jalolov faoliyati davomida “Oʻzbekfilm"ga ham rahbarlik qilgan. Uning rejissyorligida 2021-yilda “Muqimiy” nomli tarixiy-badiiy film ham suratga olingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling